platina.uz
Jamiyat

Ommaviy qabullarda 7,5 mingga yaqin kishi ishga joylashtirildi

Fuqarolardan asosan kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, sogʻliqni saqlash boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. 

Ommaviy qabullarda 7,5 mingga yaqin kishi ishga joylashtirildi

Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhlari oʻz faoliyatlarini Qoraqalpogʻiston, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida davom ettirdi.

Oʻttizga yaqin vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhlari faoliyati Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda sayyor qabullar, xonadonbay oʻrganishlar davomida aholi tomonidan koʻtarilgan muammolardan kelib chiqqan holda joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash kabi qator yoʻnalishda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi.

Ushbu maqsadda oʻtgan bir hafta davomida jami 240 dan ziyod ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Ularda 3 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 1,2 mingdan ziyodi joyida ijobiy hal etildi. Oʻrganish uchun vaqt va katta mablagʻ talab etadigan murojaatlar Respublika ishchi guruhi nazoratiga olinib, ulrga yechim topish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga koʻrsatmalar berildi.

Ochiq muloqotlar davomida fuqarolardan asosan joylarda kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, sogʻliqni saqlash sohalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Ular tegishli soha masʼullari tomonidan oʻrganilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Jumladan, Respublika ishchi guruhi masʼullari yordamida joylarda ichki yoʻllarni talab darajasiga keltirish uchun 70 km.ga yaqin yoʻllar shagʻallashtirildi, 20 km.dan ziyodiga asfalt qoplamasi yotqizidi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 160 dan ziyod transformatorlar yangisiga almashtirildi yoki kapital taʼmirlandi, 1,1 mingga yaqin yangi temir-beton tayanch ustunlari oʻrnatildi, 50 km.ga yaqin yangi SIP kabellar tortildi.

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 205 ta gaz taqsimlash punktlari, 90 km. quvurlar kapital taʼmirlanib, soz holatga keltirildi.

Aholini ichimlik va ekin suvi bilan taʼminlash holatini yaxshilash maqsadida 8 ta yangi suv inshooti oʻrnatildi, 12 tasi taʼmirlandi, 38 km. quvurlar soz holatga keltirildi, 179 km. lotok, ariq va zovur chiqindilardan tozalanib, 17,9 km. qismi betonlashtirildi.

Sanitariya va egologik ahvoli ogʻir boʻlgan 150 dan ziyod ijtimoiy soha obʼektlari tartibga keltirildi.

Respublika ishchi guruhi vakillarining eʼtibor markazidagi asosiy masalalardan yana biri ishsizlik va kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda fuqarolarga amaliy koʻmar koʻrsatish boʻldi.

Ana shunday 108 mahallalarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari asosida yangi loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga amaliy yordam koʻrsatildi, qoʻshimcha mehnat yarmarkalari tashkillashtirildi.

Misol uchun, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 753 nafar fuqarolarga 17,3 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishi taʼminlandi. “Gʻijduvon tajribasi” asosida esa 89 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 637 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Koʻrilgan chora-tadbirlar va oʻtkazilgan mehnat yarmarkalari natijasida 108 ta mahallada 1,2 mingga yaqin kambagʻal oilaga bandlik va daromad manbasini yaratish va turmush darajasini yaxshilash uchun moddiy sharoitlar yaratildi. Ishsiz boʻlgan 7,5 mingga yaqin aholi mavsumiy va doimiy ishga joylashtirildi, 600 ga yaqin fuqaro malakasini oshirish uchun bepul oʻqishga yoʻnaltirildi.

Aholi sogʻligʻini himoyalash va mustahkamlash maqsadida joylarda deyarli 78 ming aholi uchun uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazildi. Natijada, 937 nafar fuqaroga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarga davolanish uchun order, 255 nafariga nogironlik aravachasi, 328 nafariga protez-ortopediya vositalari va 974 nafariga bepul yetkazib berildi.

Bundan tashqari, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 70 ga yaqin ogʻir mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi.

Respublika ishchi guruhining galdagi manzili - Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid