Mubashshir Ahmad Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Istanbulda qoʻlga olingan Mubashshir Ahmad boʻyicha rasmiy aaxborot berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan 1974 yilda tugʻilgan, fuqaro Tursunov Alisher Axmadovich joriy yilning 8 may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olingan. U 10 may kuni Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.
"Alisher Tursunovning taʼsisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan maʼlumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud boʻlganligi sababli, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan", deyiladi xabarda.
Ayblanuvchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.