FIFA U-17 jahon chempionatiga qurʼa tashlash sanasi maʼlum boʻldi
Mundialda ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan boʻlib, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan oʻrin olgan.

FIFA Qatar mezbonlik qiladigan U-17 jahon chempionati final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Doha shahrida boʻlib oʻtadi.
Mundialda ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan boʻlib, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan oʻrin olgan.
1-savatcha
- Qatar (musobaqa mezboni)
- Braziliya
- Fransiya
- Mali
- Germaniya
- Meksika
- Argentina
- Angliya
- Yaponiya
- Paragvay
- AQSh
- Senegal
2-savatcha
- Koreya Respublikasi
- Marokash
- Oʻzbekiston
- Italiya
- Belgiya
- Yangi Zelandiya
- Chili
- Venesuyela
- Xorvatiya
- Kolumbiya
- Honduras
- Burkina-Faso
3-savatcha
- Kosta-Rika
- Tojikiston
- Panama
- Indoneziya
- KXDR
- Kot’D-Ivuar
- Tunis
- Yangi Kaledoniya
- Kanada
- JAR
- Avstriya
- Haiti
4-savatcha
- BAA
- Portugaliya
- Chexiya
- Irlandiya
- Shveysariya
- Zambiya
- Misr
- Uganda
- Boliviya
- Saudiya Arabistoni
- El-Salvador
- Fiji
Mazkur musobaqa joriy yilning 3-27 noyabr kunlari Qatarda boʻlib oʻtadi. 12 guruhda dastlabki ikki oʻrinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-oʻrin sohibi 1/16 final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.