Aktyor Jerar Deparde 18 oylik shartli qamoq jazosiga hukm etildi
Aktyor 2021 yilda film suratga olish jarayonida ayollarga nisbatan zoʻravonlik qilishda ayblangan.

Mashhur aktyor Jerar Deparde jinsiy zoʻravonlikda aybdor deb topildi.
Fransiya sudi aktyor Jerar Depardeni ikki ayolga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda axborot agentliklari.
Depardening aybini tan olmadi.
Aktyor 2021 yilda film suratga olish vaqtida ikki ayolga jinsiy zoʻravonlik qilganlikda ayblanmoqda.
Bu Depardega qarshi sudga yuborilgan birinchi ish sanaladi, shu vaqtgacha 20 ga yaqin ayol uni nomaqbul xatti-harakatlarda ayblagan.
Prokurorlar 76 yoshli Depardega shartli ravishda bir yarim yil qamoq jazosi va 20 ming yevro miqdorida jarima solinishni soʻragan.
Yakunda sud Jerar Depardeni jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topib, 18 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qildi.
Deparde aybini tan olmagan.