Zelenskiy Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Rossiya prezidenti Istanbulda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshlashni taklif etgandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram-kanalida 15 may kuni Turkiyada Putin bilan shaxsiy uchrashuv boʻlishini kutayotganini maʼlum qildi.
Shuningdek, u Ukraina toʻliq oʻt ochishni toʻxtatishni kutayotganini taʼkidladi.
Unga koʻra, Rossiya har qanday holatda ham urushni tugatishi kerak, aks holda Ukraina kuchlari esa vaziyatga javob qaytaradi.
"Ukrainada muzokaralarni boshlashda muammo yoʻq - biz har qanday formatga tayyormiz. Men Turkiyada shu payshanba, 15 may - men Putinni Turkiyada kutaman. Shaxsan oʻzim. Va umid qilamanki, bu safar Putin nima uchun biror narsa qila olmasligi sabablarini izlamaydi. Biz urushni tugatish uchun gaplashishga tayyormiz. Payshanba, Turkiya", - deb yozdi Zelenskiy.
Rossiya prezidenti avval 15 may kuni Istanbulda muzokaralar boshlashni taklif etgandi.