Xonobod shahar sudi raisining vakolati toʻxtatildi
Bunga Bosh prokurorning ushbu sudyani jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha taqdimnomasi sabab boʻlgan.

Andijon viloyati, Xonobod shahar sudi raisining vakolati toʻxtatildi.
Sudyalar oliy kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudi raisi Yu. E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda Kengash xulosasi bilan Yu. E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
"Faqat qayd etiladiki, ijtimoiy tarmoqlarlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan shu mavzudagi xabarlar boʻrttirilgan boʻlib, barcha holatlarga tergov yoʻli bilan aniqlik kiritiladi", deyiladi kengash xabarida.