Qobuljon Ahmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi
U 2022 yildan buyon “Mening yurtim” telekanali bosh direktori sifatida faoliyat yuritadi.

Oʻzbek media menejeri Qobuljon Axmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi. Ushbu birlashmaga “Yoshlar” telekanali va radiosi hamda “Navo” telekanallari qaraydi.
U 2022 yildan buyon “Mening yurtim” telekanalining bosh direktori sifatida faoliyat yuritib keladi. Uning badiiy rahbarligi va prodyuserligi ortidan oʻzbek mediasida koʻplab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.
"Yana mahallada duv-duv gap" "Maftun boʻldim senga, Oʻzbekiston!" badiiy filmlari, "Yulduzcha", "Men yulduzman", "Majnuntol" mualliflik qoʻshiqlari va gitara festivali, "Ibrat", "Toʻrt devor orasidagi sir", "Yoshlar ovozi", "Yosh kitobxon oila" respublika tanlovi kabi televizion loyihalari muallifidir.
Shuningdek, "Zulmat ortidagi nur" hujjatli filmi, "Soya", "Koshmar na otlichno", "Osiyo", "Ali va Aliya" kabi teleseriallarga ham prodyuserlik qilgan.
Bundan tashqari, "Sport" telekanaliga Nozim Moʻminov, "Toshkent" telekanaliga Husniddin Ergashev direktor boʻldi.