platina.uz
Jamiyat

Mubashshir Ahmad yana Turkiyada qoʻlga olindi

U 8 may kuni Istanbulning Bahcheshehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan. 

Mubashshir Ahmad yana Turkiyada qoʻlga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Mubashshir Ahmad" taxallus bilan mashhur diniy ulamo Alisher Tursunov 2025 yilning 8 may, payshanba kuni tongda Istanbulning Bahcheshehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi. Bu haqda uning oʻzi asos solgan "Azon Global" axborot-tahliliy portali maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, shu kunning oʻzida advokatlari yollangan. Advokatlarga Alisher Tursunovning Istanbuldagi Deportatsiya markaziga (Geri Gönderme Merkezi – GGM) oʻtkazilishi, ertasiga – 9 may, juma kuni esa u yerdan qoʻyib yuborilishi aytilgan.

Biroq oradan 4 kun oʻtgan boʻlsa-da, Immigratsiya boshqarmasi (Göç İdaresi) A.Tursunovning qayerdaligi, sogʻligʻi va sud jarayoni haqida advokatlariga ham, yaqinlariga ham hech qanday maʼlumot bermagan.

"Vaholanki, Turkiya qonunchiligiga koʻra, nazoratda ushlab turilgan shaxsning oilasiga bu haqida maʼlumot berilishi, uning oʻziga ham yaqinlari bilan muloqot qilishga izn etilishi belgilab qoʻyilgan. Hozirgacha hatto advokatlari ham domladan biror xabar ololmayotganidan, aqalli qayerda saqlanayotganini ham bilolmayotganidan oilasi va yaqinlari asosli ravishda xavotirga tushishmoqda. Boisi ustoz Mubashshir Ahmad uzoq yillardan beri qandli diabet va yuqori qon bosimidan aziyat chekib keladi hamda muntazam ravishda insulin va boshqa dorilar qabul qilishga majbur", – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, u 2023 yil dekabrda ham Istanbulda ushlangandi.

2025 yil fevralda Mubashshir Ahmad Oʻzbekistonda qidiruvga berilgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid