platina.uz
Jamiyat

Fargʻona viloyatida ikki hokim jarimaga tortildi

Ular xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ishlarda sustkashlikka yoʻl qoʻygan. 

Fargʻona viloyatida ikki hokim jarimaga tortildi

Fargʻona viloyati Yozyovon va Bagʻdod tumanlari hokimlariga 30 foiz jarima jazosi qoʻllanildi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishida maʼlum qilingan.

Farmoyish 2025 yil 12 may kuni eʼlon qilindi.

5 may kuni Vazirlar Mahkamasida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha 2025 yil uchun belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va navbatdagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan.

Unda bir qator mutasaddi rahbarlar tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylari uchun belgilangan rejani bajarmagani, oʻsishni taʼminlamagani va vazifalar ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻygan kamchiliklari jiddiy tanqid qilingan.

Unga koʻra, Bagʻdod, Yozyovon, Oʻzbekiston tumanlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha tasdiqlangan reja bajarilmaganligi, ushbu hudud mutasaddi rahbarlari yuklatilgan vazifalarni bajarishda qoloqlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtilgan. Shu sababdan hokimlarga jarima chorasi qoʻllanildi, deyiladi hujjatda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid