platina.uz
Jamiyat

DXX AQShga yuborishni vaʼda qilgan oʻzbekistonlik va xorij fuqarosini qoʻlga oldi

Samarqandda yashovchi shaxs chet el fuqarosiga 150 ming dollar evaziga oilasi bilan AQShga ishlash uchun yuborishini aytgan.  

DXX AQShga yuborishni vaʼda qilgan oʻzbekistonlik va xorij fuqarosini qoʻlga oldi

Fuqarolarni AQShga noqonuniy yoʻllar bilan yuborishga uringan mahalliy hamda xorij fuqarolarning harakatlari bartaraf etildi.

DXX tomonidan Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbirda oʻtkazilgan.

Unda Samarqand shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro horijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila aʼzolarini har birini 30 ming AQSh dollaridan, jami 150 ming AQSh dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQShga ishlash uchun yuborishini aytadi.

Soʻngra, viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Navbatdagi holatda, poytaxtda vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan 2004 y.t. xorijiy fuqaro boshqa chet et fuqarosining ishonchiga kirib, unga Buyuk Britaniya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlatib berish imkoniyati borligini aytadi. Soʻngra, mazkur soxta pasportlar yordamida AQShga Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali ularni joʻnatib yuborishi evaziga jami 25 ming AQSh dollari talab qiladi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro oldindan 12,500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan qalbaki pasport va ID-kartalar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Har ikkala holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid