platina.uz
Jahon

Putin Ukrainaga toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishni taklif etdi

Rossiya rahbari Moskva Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilari taklif qilgan yangi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga rozi boʻlishga tayyor emasligini ham aytib oʻtdi. 

Putin Ukrainaga toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishni taklif etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni “hech qanday shartlarsiz” davom ettirishni taklif qildi.

Bu 15 may kuni Istanbulda sodir boʻlishi mumkin, dedi Rossiya prezidenti Kremlda.

Uning nutqi taxminan 20 daqiqa davom etdi.

“Muzokaralar davomida yangi sulh boʻyicha kelishib olish mumkin”, dedi Putin va hozir “toʻp Ukraina maydonida” ekanini aytdi.

Putin, shuningdek, Moskva Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilari taklif qilgan yangi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga rozi boʻlishga tayyor emasligini ham ochiq aytdi.

Avvalroq, 10 may, shanba kuni AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha va Ukraina yetakchilari Moskvaga 12 maydan boshlab 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish rejimini eʼlon qilishni taklif qilishgan edi.

Kiyev Rossiya prezidentining taklifiga hozircha izoh bermadi.

Fransiya pprezidenti Emmanuel Makron Putinning taklifiga izoh berar ekan, "uni yetarli emas" deb atadi va lekin siljish borligini aytdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid