Hindiston va Pokiston otashkesimga kelishdi: tafsilotlar
Biroq AQSh vositachiligida erishilgan kelishuvdan soʻng ham Kashmirda portlash ovozlari eshitilgan.

Hindiston va Pokiston otashkesimga kelishib oldi.
Bu haqda Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yozgan.
Amerika prezidentining soʻzlariga koʻra, kelishuvga AQSh vositachiligida erishilgan.
"Qoʻshma Shtatlar vositachiligida davom etgan uzoq kechalar muzokaralaridan soʻng Hindiston va Pokiston oʻt ochishni toʻliq va zudlik bilan toʻxtatishga rozi boʻlganini eʼlon qilishdan mamnunman. Men ikkala davlatni sogʻlom fikr va yuqori darajadagi razvedka koʻrsatgani uchun tabriklayman. Bu masalaga eʼtiboringiz uchun rahmat!", deya yozgan Tramp.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ham Hindiston va Pokiston betaraf hududda keng koʻlamli masalalar boʻyicha muzokaralarni boshlashga kelishib olganini aytdi.
Deutsch Welle xabariga koʻra, Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar allaqachon oʻt ochishni toʻxtatishni tasdiqlagan.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatlar oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi Hindiston vaqti bilan 10 may soat 17:00 da kuchga kirganini maʼlum qildi.
Lekin ayrimlar Kashmirda portlash ovozlarini eshitganlarini yozgan.
Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi mojaro aprel oyida Pahalgamdagi teraktdan soʻng keskin avj oldi, jangarilar 26 sayyohni oʻldirdi.