platina.uz
Jamiyat

1 iyundan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari tizimi ishga tushiriladi

Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilar toʻplagan jarima ballari haqida SMS xabarnoma orqali ogohlantiriladi.

1 iyundan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari tizimi ishga tushiriladi

2025 yil 1 iyundan boshlab Oʻzbekistonda haydovchilarning yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima balllari tizimi joriy etiladi.

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilar toʻplagan jarima ballari haqida SMS xabarnoma orqali ogohlantiriladi.

Jarima ballarini hisoblashning E-jarimaball moduli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi.

Qarorda belgilangan bbarcha tashkiliy xarajatlar IIVning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.

12 mobaynida qoidani buzmagan haydovchi ilk bor jarimaga tushsa, ragʻbatlantirish tariqasida ballar hisoblanmaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid