YeChL: finalda PSJ "Inter"ga qarshi oʻynaydi
Final bahsi 31 may kuni Myunxen shahridagi “Allianz Arena” stadionida boʻlib oʻtadi.

YeChL finalining ikki ishtirokchisi maʼlum boʻldi.
Yevropa chempionlar ligasi finalida "Inter" hamda PSJ jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.
"Inter" oʻta dramatik va fantastik bahsda "Barselona" ustidan irodali gʻalabaga erishgan boʻlsa (4:3), PSJ yarim finalda Arsenalni uncha qiynalmasdan magʻlub etdi (2:1).
Final bahsi Myunxen shahridagi “Allianz Arena” stadionida 31 may, shanba kuni soat 23:59 da boshlanadi.