Soʻlim Xonobod bogʻidagi daraxtlar kesib tashlandi
Holat Ekologiya vazirligi tomonidan nazoratga olingani aytilmoqda.

Xonobod shahri markazida daraxtlar kesib tashlandi. Holat tasvirlari tturli kanallarda eʼlon qilingan.
Aytishlaricha, Andijon viloyati hokimi qarori bilan viloyatda shunaqa daraxt kesish "tadbirlari"ni boʻyicha qaror chiqargan.
Andijonning Xonobod shahri markazida daraxtlarning kesib tashlanishi holati Ekologiya vazirligi tomonidan nazoratga olinib, nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish olib borilmoqda.
Oʻrganish yakuni va koʻrilgan choralar haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi xabarda.