Oʻzbekiston Harbiy prokurori tayinlandi
Otabek Xolboyev tayinlovga qadar Harbiy prokurorning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Xolboyev Otabek Akbarovich Bosh prokurorning oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.
Otabek Xolboyev tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, harbiy prokuror lavozimida ishlagan Botir Qudratxoʻjayev Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangandi.