platina.uz
Jamiyat

Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻida oʻpirilish yuz berdi

Hodisa oqibatida Buloqboshi tumanidagi mahallada joylashgan bir nechta xonadonlarga suv kirgan. 

Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻida oʻpirilish yuz berdi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidan oʻtgan kanal dambasida oʻpirilish roʻy berdi.

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani "Sarvontepa" MFY hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona kanali qirgʻoqlarining biriga shikast yetganligi natijasida maʼlum miqdorda suv sizib chiqqan.

Ushbu maʼlumot olinishi bilan Viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul toʻxtatilgan.

Hozirda Andijon viloyati FVB rahbariyati va kerakli boʻlgan barcha kuch va vositalar sodir boʻlgan hodisani bartaraf etish uchun jalb etilgan va vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida ushbu mahallada joylashgan 560 xonadonlarga suv kirgan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat toʻliq nazoratga olingan, holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, FVV xabarida.

"Oʻzbekgidroenergo" AJ ham Buloqboshi tumanidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona kanali bosh qismidagi qirgʻoq oʻpirilishi boʻyicha munosabat berdi.

Munosabatga koʻra, kanalda suv sarfi toʻliq toʻxtatilgan. Mazkur tuzilma kuch tuzilmalari oʻpirilib ketgan qirgʻoqda damba tiklash ishlarini amalga oshirayotgani keltirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid