platina.uz
Jahon

AQShda 8 may Gʻalaba kuni deb eʼlon qilindi

Prezident Tramp ushbu sanani Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalaba kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladi. 

AQShda 8 may Gʻalaba kuni deb eʼlon qilindi

AQShda 8 may Gʻalaba kuni deb eʼlon qilindi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalaba kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladi.

Tegishli hujjat Oq uy tomonidan eʼlon qilindi.

“Bugun xalqimiz ittifoqchilarning milliy sotsializm va fashizm ustidan qozonilgan gʻalabasining 80 yilligini — insoniyat tarixidagi ozodlikning eng buyuk gʻalabalaridan biri boʻlganini faxr bilan nishonlamoqda”, — deyiladi hujjatda.

Amerika yetakchisi natsizm va fashizmdan ozodlik himoyasida halok boʻlganlar xotirasini hurmat qilishga, barcha tahdidlarga qaramay, uni himoya qilishda davom etishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, AQSh urushda 400 mingdan oshiq askar yoʻqotgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid