platina.uz
Jamiyat

Veneraga uchirilgan kosmik apparat Oʻzbekistonga qulashi mumkinmi?

"Oʻzkosmos" bu ehtimolni past baholamoqda. Apparat Osiyo davlatlaridan birining hududiga qulashi kutilyapti. 

Veneraga uchirilgan kosmik apparat Oʻzbekistonga qulashi mumkinmi?

53 yil oldin Veneraga uchirilgan yarim tonnali “Kosmos-482” sayyoralararo kosmik apparat Osiyo davlatlari hududiga qulashi mumkin.

1972 yilda fazoga uchirilgan apparat raketa-tashuvchining yakuniy bosqichi muvaffaqiyatsiz ishlashi oqibatida Yer orbitasida qolib ketgandi.

Apparatning Yerga qulashi 9-11 may kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin.

"Oʻzkosmos" tomonidan uning Oʻzbekiston hududiga tushish ehtimoli esa 0,3-0,5 foiz oraligʻida baholanmoqda.

Apparatning katta qismi atmosferaga kirishi bilan yonib ketsa-da, Veneraning ogʻir sharoitlarida qoʻnish va ishlash uchun moʻljallangan yarim tonnaga (500 kg) yaqin massali titan shari alohida xavf tugʻdiradi. Bu komponent yer atmosferasiga kirishda omon qoladi va butunlay qulab tushadi.

Parashyut borligiga qaramay, koinotda 53 yil boʻlganidan keyin u ishlamasligi mumkin. Yerga urilish tezligi esa soatiga 500 kmgacha yetishi kutilmoqda.

Boʻlaklar topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar berish va hech qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada boʻlmaslik tavsiya etiladi, chunki ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar boʻlishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid