“Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi eʼlon qilindi
Bunga har bir viloyat hokimi 10 milliard soʻmdan ajratadi.

“Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi boshlanishi eʼlon qilindi.
Bunda, viloyat hokimlari kutish joylarida qulay oʻrindiqlarni koʻpaytirib, navbatni tartibga keltirish, “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi borlar erkin harakatlanishi uchun kirish-chiqish joylari, xona va yoʻlaklarda inklyuziv muhit yaratish, qoʻl yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish uchun masʼul boʻladi.
“Oddiy qilib aytganda, tibbiyot muassasasiga madaniyat, tartib-intizom, fayz olib kirib, odamlarga ijobiy kayfiyat ulashadi”, - dedi Prezident.
Bunga har bir viloyat hokimi 10 milliard soʻmdan ajratadiBunga har bir viloyat hokimi 10 milliard soʻmdan ajratadi.
Mutasaddilarga bu ishlarni butun respublikada tizimli tashkil qilish, toʻqson kun natijasi boʻyicha Prezidentga batafsil hisobot berish topshirildi.