platina.uz
Iqtisod

"Tenge bank" jarimaga tortildi

Bank taklif etgan mikroqarz reklamasida muhim shartlar (yillik foiz, kredit muddati va miqdori) koʻrsatilmagan. 

"Tenge bank"  jarimaga tortildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi.

Oʻtkazilgan monitoringlarda ommaviy axborotlarda “TENGE BANK” ATB tomonidan “TENGE 24” orqali “Osongina” onlayn mikroqarz 50 mln soʻmgacha beramiz” mazmunidagi joylashtirilgan reklamalar aniqlangan.

Mazkur reklama axborotlarida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi talablariga asosan moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishda shartnomaning muhim shartlari (mikroqarz yillik foizi, mikroqarz muddati, mikroqarz miqdori) koʻrsatilmaganligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “TENGE BANK” ATBga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatildi.

Ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid