platina.uz
Jamiyat

Sogʻliqni saqlash vazirining ikki oʻrinbosari ishdan olindi

Vazirning yana bir oʻrinbosari Olim Omonov esa 6 oyda raqamlashtirishda oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi. 

Sogʻliqni saqlash vazirining ikki oʻrinbosari ishdan olindi

Prezident sogʻliqni saqlash vazirining ikki oʻrinbosarini ishdan oldi.

Tibbiy sugʻurtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toshkent shahrida oʻtgan yili, Qoraqalpogʻiston, Navoiy, Samarqand, Fargʻona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sugʻurta jamgʻarmasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani koʻrsatib oʻtildi.

“Belgilangan islohotlarimiz qanchalik toʻgʻri boʻlmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz”, - dedi Prezident.

Lekin mutasaddilar tizimni toʻliq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy “elektron retsept”ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar bor.

“Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini oʻzgartirib, fidoyi boʻlmasa, masʼuliyatni his qilib, soʻrovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi”, - dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, yoʻl qoʻyilgan kamchilik va xatolar uchun sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari D.Sultanov, F.Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir oʻrinbosari O.Omonov 6 oyda raqamlashtirishda oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid