platina.uz
Jamiyat

Adham Xudoyqulov Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi direktori lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda

Ushbu agentlikka Komil Allamjonov rahbarlik qilishi haqidagi xabarlar esa tasdiqlanmadi.

Adham Xudoyqulov Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi direktori lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda

Adham Xudoyqulov Prezident administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlashi kutilmoqda.

U ayni paytda Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisi rahbari sifatida ishlaydi.

Adham Xudoyqulov 30 aprel kuni nodavlat taʼlim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy taʼlimda sifatni oshirish chora-tadbirlari boʻyicha davlat rahbariga taqdimot qilgan.

Tarmoqda yangi tuzilgan agentlikka Komil Allamjonov rahbarlik qilishi haqidagi xabarlar esa tasdiqlanmadi.

Eslatib oʻtamiz, prezident farmoniga koʻra, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi. Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid