Zoyir Mirzayev Nurafshonda "Vatanparvar bogʻi" uchun 5 mlrd soʻm ajratdi
Ushbu xarajat 2025 yilda respublika byudjetidan ajratilgan ssuda mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mablagʻ ajratishga doir farmoyishni imzoladi. Hujjat 2025 yil 5 may kuni eʼlon qilingan.
Viloyat mahalliy byudjetiga 2025 yilda respublika byudjetidan ajratilgan ssuda mablagʻlari hisobidan “Nurafshon biznes citi” hududida “Vatanparvar bogʻi” qurilishi ishlari uchun viloyat hokimligiga besh milliard soʻm mablagʻ beriladi.
“Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi biznes markazlarini qurish direksiyasi” DUK (E.Mirxoliqov) ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlaydi.
Farmoyish ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari O.Tursunov zimmasiga yuklangan.
Avvalroq Xorazm viloyati hokimi Xiva shahrini obodonlashtirishga 2 mlrd soʻm ajratgandi.