platina.uz
Jamiyat

Toshkentda qalbaki dorilar tayyorlovchi yashirin sex aniqlandi

Qoʻlbola usulda ishlab chiqarilgan dori vositalari Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi bir nechta dorixonalarga tarqatilgan.

Toshkentda qalbaki dorilar tayyorlovchi yashirin sex aniqlandi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shugʻullangan yashirin sex faoliyatiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan.

Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1984 y.t. shaxs tomonidan ijara asosida olingan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadon xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, u nafaqat qalbaki dori-vosititalarni ishlab chiqarish, balki uning noqonuniy savdosi bilan ham shugʻulangani aniqlandi.

Dori vositalarini tayyorlashga moʻljallangan yashirin sexda tegishli hujjatlari boʻlmagan va xavfsizligi kafolatlanmagan 49 nomdagi 594 127 dona “Futsis”, “Prosulpin”, “Ursosan”, “Arbidol” va boshqa dori vositalari topildi. Taʼkidlash lozimki, bu dorilar 50 ta asbob-uskunalar, hususan stanok va qoliplar yordamida qoʻlbola usulda tayyorlab kelingan.

Shuningdek, bu yerda sifat talablariga javob bermaydigan 168 kg dori vositalarining homashyolari, etiketlari, yoʻriqnomalar, qogʻoz qutilar, boʻsh idishlar hamda kapsulalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu shaxsning Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, 2 turdagi 28 640 dona tibbiyot dori vositalari, 2 turdagi 75 dona ampula, 2 turdagi 46 dona idishda suyuqlik, 3 nomdagi 26 ta turli dori vositalarining etiketkalari, nomsiz 18 280 dona suppozitoriylar va ularning markalari, 1 nomdagi 40 dona kapsula, shu bilan birga, turli xil nomdagi dori vositalarining boʻsh qutilari hamda 3 dona temir qoliplar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, yashirin sex tashkilotchisi dori vositalarini tayyorlash uchun kerakli xomashyolarni internet tarmogʻi orqali nomaʼlum shaxslardan buyurtma orqali sotib olgani aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur dori vositalari va asbob uskunalarning umumiy qiymati qariyb 10 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Taʼkidlash lozimki, qoʻlbola usulda ishlab chiqarilgan dori vositalari Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi bir nechta dorixonalarga tarqatilgan boʻlib, davom ettirilgan faol tadbirlar natijasida mazkur dori vositalarining savdosiga chek qoʻyildi.

Hozirda sex tashkilotchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 prim 3 moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirda esa, Toshkent shahrida yashovchi, 1992 y.t. shaxs va uning sherigi, poytaxtdagi banklardan birining 1996 y.t. xodimi oʻzaro kelishgan holda Xitoy davlatidan olib kelingan 798 ta qutidagi 574 560 dona infuzion sistema tibbiy buyumlarini 55 ming 700 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tegishli xulosaga koʻra, umumiy qiymati 1 mlrd soʻmni tashkil qilgan mazkur tibbiy buyumlar foydalanishga yaroqsiz hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlanadi.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 prim 3 moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid