platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻp sayohat qilayotgani ochiqlandi

Roʻyxatni Qirgʻiziston boshqarmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya kabi davlatlar ham yuqori oʻrinlarni egallagan. 

Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻp sayohat qilayotgani ochiqlandi

Oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda eng koʻp qaysi davlatlarga chiqmoqda?

Milliy statistika qoʻmitasi bu haqda maʼlumot berdi.

2025 yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida chet elga borgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Qirgʻiz Resp. – 631 240 nafar

Tojikiston – 281 539 nafar

Qozogʻiston – 240 644 nafar

Saudiya Arabistoni – 112 274 nafar

Rossiya – 69 065 nafar

Turkiya – 46 566 nafar

BAA – 44 796 nafar

Misr – 16 689 nafar

Tailand – 13 456 nafar

Vetnam – 9 574 nafar

Boshqa davlatlar – 53 704 nafar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid