Fridrix Mers ikkinchi urinishda Germaniya kansleri etib tasdiqlandi
Dastlab u lavozimga saylanishda yetarli boʻlgan 316 ovozni toʻplay olmagandi.

Bundestag ikkinchi urinishda Fridrix Mersni Germaniya kansleri lavozimiga tasdiqladi.
Takroriy ovoz berish chogʻida Mers uchun 325 deputat ovoz berdi, minimal talab 316 nafarni tashkil etardi.
6 may kuni ertalabki birinchi urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi: oʻng markazchi XDI/XDS yetakchisiga atigi 310 kishi ovoz berdi. Bu urushdan keyingi Germaniya tarixida birinchi bunday holat.
Ikkinchi bor ovoz berish uchun XDI/XDS va ularning koalitsiyadagi hamkori Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD) yana ikki partiya – Yashillar va Soʻllarning qoʻllab-quvvatlashiga erishdi.
Dastlab, Frankfurter Allgemeine va Bild seshanba kuni takroriy ovoz berish oʻtkazilmasligini xabar qilishdi, ammo keyin XDI/XDS, Sotsial-demokratlar, Yashillar va soʻllar yangi ovoz berishni oʻtkazishga rozi boʻlishdi.
Eslatib oʻtamiz. fevralda oʻtgan saylovlarda Mersning partiyasi 28 foiz ovoz bilan gʻalaba qozongandi.