"Click" monopol mavqega ega deb topildi
Platformaning onlayn toʻlov tizimlari bozorida ustunligi eʼtirof etilgan.

“Click” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.
Qoʻmitaning tegishli buyrugʻi bilan onlayn toʻlov tizimlari bozorida “Click” AJni ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.
Shuningdek, Qoʻmita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
Tegishli tartibda monitoring oʻtkazib boriladi.
Avval Uzum tezkor monopol mavqega ega deb topilgandi.
