platina.uz
Jamiyat

Aholi dam olishi uchun foydalanadigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

Mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Aholi dam olishi uchun foydalanadigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi.

Qonun (OʻRQ-1061-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Qonun bilan kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, davlat mulki boʻlgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.

Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga boʻlinishi koʻzda tutildi.

Bundan tashqari, botanika bogʻlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid