9 mayda necha kun dam olish beriladi?
Haftasiga besh kun ishlaydigan ketma-ket uch kun dam ooladi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu kun munosabati bilan dam olish kunlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra:
- 9 may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
- 10 may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
- 11 may (yakshanba) — dam olish kuni.
Shunday qilib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat shanba va yakshanba dam olish kuni boʻladi.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar esa 3 kun juma, shanba va yakshanba kunlari dam olishadi.