Navoiyda ikki nafar yoshlar yetakchisi avtohalokatda qurbon boʻldi
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev hodisa sabab taʼziya bildirib, marhumlarning yaqinlariga yordam berilishini maʼlum qildi.

Karmana tumanida ikki nafar yoshlar yetakchisi avtohalokat natijasida halok boʻldi.
Shuningdek, bir nafar xodim shifoxonaga yotqizildi.
Navoiy viloyati Karmana tumani “Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulugʻbek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronov avtohalokat natijasida vafot etdi.

Karmana tumani Yoshlar ishlari boʻlimi shoʻba mutaxassisi Valijon Kasimov shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev marhumlarning oila-aʼzolariga taʼziya bildirdi. Ularning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi.