platina.uz
Jamiyat

Xorazm viloyati hokimi mablagʻ ajratish boʻyicha ikkita farmoyish imzoladi

Xiva shahrini obodonlashtirish va elektr qarzdorligini yopishga 2 mlrd yoʻnaltiriladi. 

Xorazm viloyati hokimi mablagʻ ajratish boʻyicha ikkita farmoyish imzoladi

Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov 2025 yil 3 may kuni mablagʻ ajratish boʻyicha ikki farmoyishni imzoladi.

Birinchi farmoyishga koʻra, Xiva shahri hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va manzarali gul koʻchatlarini sotib olish hamda tashqi yoritish chiroqlari uchun sarflangan elektr energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun 2 000 000 000 (ikki milliard) soʻm Xiva shahar mahalliy budjetiga ajratiladi. Pul viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil 1-chorak daromadlar rejasi oshirib bajarilgan qismi hisobidan beriladi.

Xorazm viloyatidagi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda infratuzilma hamda obodonlashtirish bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish hamda aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish maqsadida 369 534 000 (uch yuz oltmish toʻqqiz million besh yuz oʻttiz toʻrt ming) soʻm viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil 1-chorak daromadlar rejasi oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladi.

Jumladan, Urganch shahriga 59,7 mln soʻm, Xiva shahriga 82,5 mln soʻm, Urganch tumaniga 92,1 mln, Xiva tumaniga 95 mln soʻmdan oshiq pul ajratiladi.

Farmoyish ijrosini taʼminlash hokimning birinchi oʻrinbosari M.Achilov zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid