platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda haj mavsumi 13 maydan boshlanadi

28 mayga qadar har kuni Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda haj mavsumi 13 maydan boshlanadi

Oʻzbekistondagi 2025 yilgi Haj mavsumi shu yil 13 maydan boshlanadi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.

28 mayga qadar har kuni Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri uchadi.

Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:

– Ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi;

– Emlash ishlari olib borildi;

– Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;

– Safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi;

– Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga quyidagilar taqdim etilmoqda:

– "Haj – buyuk ibodatdir" qoʻllanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid