platina.uz
Jamiyat

Mahallalarda duv-duv gap

Poytaxt mahallalarida boʻlgan oʻzgarishlar, ijtimoiy infratuzilma rivoji hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida press-tur tashkil etildi. 

2025 yil 2 may kuni Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Press-turdan koʻzlangan maqsad – yangilanayotgan mahallalardagi oʻzgarishlar bilan tanishtirish, Bektemir, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlaridagi mahallalarda ijtimoiy infratuzilma rivoji hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlarni jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mahallalardagi xavfsizlik darajasini koʻrsatishdan iborat.

Bektemir tumani “Rohat” mahallasi

50 gektar hududni egallagan “yashil” toifadagi “Rohat” mahallasi bugungi kunda poytaxtdagi eng faol ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar maydoniga aylangan. 2024–2025 yillarda amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat:

· 450 oʻrinli yangi davlat bogʻchasi qurildi;

· Koʻp qavatli uylarning 110 ta kirish yoʻlaklariga Face ID kameralar oʻrnatilib, mahalla xavfsiz hududga aylantirildi;

· Mahalla fuqarolar yigʻini binosi yangidan barpo etildi;

· 11 ta savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari faoliyati kengaytirildi;

· Nuroniylar maskani, amfiteatr, sport maydonchasi, imkoniyati cheklangan bolalar uchun oʻyingoh va bolalar maydonchasi tashkil etildi.

Mahalla ichki yoʻllari 100 foiz asfaltlangan boʻlib, xonadonlar suv, elektr va gaz bilan toʻliq taʼminlangan. Mahallada 2 ta davlat umumtaʼlim maktablari, 360 oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, musiqa maktabi, akademik litsey va “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritmoqda.

Yashnobod tumani “Joʻrabek” mahallasi

Yashnobod tumanining “Joʻrabek” mahallasida olib borilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

· Mahalla ichki yoʻllariga 24 960 m² asfalt yotqizildi;

· 4 438 m yoʻl bordyuri, 824 pm lotok oʻrnatildi;

· 1 018 m² yoʻlaklarga bruschatka yotqizildi;

· 2 142 m² rezina qoplamali hududlar, 21 430 m² maysazorlar tashkil qilindi;

· 5 ta bolalar maydonchasi, 4 ta workout maydonchasi, 1 ta mini-futbol maydoni, 5 ta ayvon tashkil etildi;

· 12 ta koʻp qavatli uylarning tomi profnastil bilan yopilib, 14 ta uyning fasad qismlari taʼmirlandi;

· 9 ta koʻp qavatli uylarning isitish tizimi quvurlari yangilandi;

· 3 ta maysazorlarni sugʻorish tizimi tashkil qilindi.

Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasi

2016 yilda tashkil etilgan “Dilbuloq” mahallasi bugungi kunda poytaxtdagi eng faol va jadal rivojlanayotgan mahallalardan biri sifatida ajralib turadi. Mahalla Yakkasaroy tumanining markaziy qismida, 84 gektar maydonda joylashgan boʻlib, aholining ehtiyojlariga mos, zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlangan.

Ayni paytda ushbu mahalla shahar markazidagi eng koʻrkam, xavfsiz va ijtimoiy xizmatlarga boy hududlardan biriga aylangan. Soʻnggi yillarda “Dilbuloq” mahallasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

· Mahalla markazida zamonaviy mahalla idorasi barpo etildi;

· Koʻp qavatli uylar oldidagi yoʻllar asfaltlandi;

· Mahalla boʻylab oqib oʻtuvchi anhor qirgʻogʻi obodonlashtirilib, sayilgohga aylantirildi;

· 1 ta mini-futbol maydoni qurildi;

· 1 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta oilaviy poliklinika, 8 ta bolalar maydonchalari taʼmirlandi.

Mahalla xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan boʻlib, hududda 300 ga yaqin savdo, sanoat va xizmat koʻrsatish obʼektlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, mahalla hududida bir vaqtning oʻzida 380 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega 5 ta mehmonxona, 1 ta hostel, 1 ta oilaviy mehmon uylari mavjud.

“Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan boʻlib, hududga 360 dan ortiq videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Ular mahalla profilaktika inspektori xizmat xonasiga ulangan boʻlib, real vaqt monitoringi olib borilmoqda.

Mazkur ishlar poytaxt mahallalarini zamonaviy, qulay va xavfsiz hududlarga aylantirish yoʻlidagi harakatlarning amaliy ifodasidir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid