Jizzaxda piyodalar oʻtish joyi panjara bilan toʻsib qoʻyildi
YHXB bu holatni oqlab, "harakat xavfsizligini taʼminlash" bilan izohlab chiqdi.

Jizzaxda avtomobil qatnov qismidagi piyodalar oʻtish joyi panjara bilan toʻsib qoʻyildi. Bu holat jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Tarqalgan suratda bir fuqaro piyodalar oʻtish joyiga toʻsiq qilib qoʻyilgan panjara ostidan oʻtayotganini koʻrish mumkin.
Jizzax viloyati YHXB esa ushbu holatni oqlab, "harakat xavfsizligini taʼminlash" maqsadida deb izohladi. Munosabatda aytilishicha, piyodalar uchun maxsus yerosti yoʻli qurib qoʻyilgan.
Mazkur vaziyatga blogerlar munosabat bildirib, keskin qoralab chiqqan. Jurnalist Muhrim Aʼzamxoʻjayev Ichki ishlar vazirligi uchun 20 qavatli muhtasham bino qurishni, faqat uni yerusti emas, yerosti, yaʼni -20 qavat qilishni taklif etgan.
Boshqa bir holatda "Inson qadri emas, temir-tersak (mashina, panjara va hokazo) qadri oshib borayotgan yurt", deb izohlashgan.
Mavzuga doir: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻiga ochiq xat!