platina.uz
Iqtisod

Bir qator korxonalarning maxsus huquqlari bekor qilinadi

JSTga aʼzolikni jadallashtirish boʻyicha ayrim hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

Bir qator korxonalarning maxsus huquqlari bekor qilinadi

Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik yanada jadallashtiriladi.

Farmon (PF-74-son, 30.04.2025 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

- bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;

- bojxona yigʻimlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi taʼminlanadi;

- oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;

- respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid