platina.uz
Jamiyat

Prezident "Damas" zavodi boʻyicha katta yangilikni ochiqladi

Zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi.

Prezident "Damas" zavodi boʻyicha katta yangilikni ochiqladi

Prezident Xorazmdagi yigʻilishda viloyatda arzon avtomobil ishlab chiqarilishini aytdi.

Slovakiya kompaniyasi Tuproqqalʼaga 10 million dollar kiritib, 500 gektar qumli yerni oʻzlashtirishni boshladi.

Ushbu investor 170 million dollar hisobiga yana 4,5 ming gektar qumli yerni foydalanishga kiritib, raps oʻsimligini ekish va undan bioetanol ishlab chiqarishni reja qilgan.

Masʼullarga bu loyiha uchun zarur koʻmakni koʻrsatish topshirildi.

Prezident Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodi boʻyicha katta yangilikni aytdi.

Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi.

Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 oʻrindiqqa ega boʻladi.

Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yigʻish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027 yilda toʻliq siklga oʻtib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid