platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda yoz mavsumidek issiq ob-havo kuzatiladi

Dam olish kunlari havo harorati 39 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. 

Oʻzbekistonda yoz mavsumidek issiq ob-havo kuzatiladi

Oʻzbekistonda dam olish kunlari harorat 39 darajagacha oshadi.

Bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Fargʻona vodiysida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatil yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati 29-32 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 33-35 darajagacha boʻladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Havo harorati koʻtarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 37-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun koʻproq xosdir.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 2-4 may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 29-31 daraja, shanba va yakshanba kunlari 32-35 daraja boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid