Eldor Shomurodov yana eng yaxshi futbolchi boʻldi
U “Roma” safida aprel oyi davomida 2 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qildi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov oʻz klubida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shomurodov “Roma” safida aprel oyi davomida oʻz hisobiga 2 ta gol va 1 ta assist yozdirib qoʻygan.
Eslatib oʻtish kerak, Eldor mart oyida ham shunday maqomga loyiq koʻrilgan edi.