platina.uz
Siyosat

Tramp maʼmuriyati Oʻzbekistonni boshqalarga namuna qilib koʻrsatdi

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 131 nafar muhojirning ortga qaytarilishi haqida gapirdi. 

Tramp maʼmuriyati Oʻzbekistonni boshqalarga namuna qilib koʻrsatdi

Oʻzbekiston tomoni 131 noqonuniy muhojirni ortga qaytardi. Bu AQSh tomonidan olqishlangan.

Qaytarilganlar orasida oʻzbekistonliklardan tashqari, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari ham bor.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri (DHS) Kristi Noem 131 nafar noqonuniy muhojirni oʻz vataniga qaytarish uchun charter reys tashkil etgani uchun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida eʼtirof etgan.

“Xavfsizlikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz”, deydi amerikalik amaldor.

Fox News Tramp maʼmuriyatiga tayanib yozishicha, ushbu repatriatsiya bitimi AQShning boshqa davlatlar bilan migratsiya masalalari boʻyicha qanday hamkorlik qilishini koʻrsatib beradigan namuna hisoblanadi. Bitim AQSh Davlat departamenti, Ichki xavfsizlik vazirligi, Oq uy va Milliy xavfsizlik kengashi hamda Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida bir necha oy davom etgan diplomatik muzokaralar natijasi sanaladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid