Toshkentdagi texnoparkda yongʻin: ikki kishining jasadi topildi
5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. Hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi sexda yongʻinda bir kishi halok boʻldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Bugun, 1 may kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi koʻchasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin -qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, yongʻin olingan va oʻchirilgan.
Yongʻin bartaraf etilgandan soʻng, yongʻin joyini oʻrganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Yongʻin ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Yongʻinni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yongʻin oʻchirish texnikalari jalb etilgan.
Yongʻin natijasida sexning tahminan 700 kv.m maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshligʻi va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura masʼul hodimlari chiqishgan.