platina.uz
Jamiyat

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

Shuhrat Boymurodov avval Toshkent tibbiyot akademiyasi va boshqa muassasalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

Prezidentning 2025 yil 23 apreldagi tegishli qaroriga asosan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov tayinlandi.

Mazkur tayinlov 2025 yil 23 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida soha vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda rasman eʼlon qilindi.

Sogʻliqni saqlash vaziri yigʻilishda ishtirok etgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, tayinlov va Prezident qarorida koʻzda tutilgan maqsadlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Yangi universitet tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet uchta tibbiyot oliy taʼlim muassasasini birlashtirgan holda faoliyat yuritadi.

Unda xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim muhiti, zamonaviy moddiy-texnika bazasi, ilgʻor boshqaruv tizimi, transformatsiya ofisi hamda xalqaro akkreditatsiyani amalga oshiruvchi milliy markaz tashkil etiladi.

Shuningdek, xalqaro mutaxassislar jalb etilishi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan yangilash, moddiy-texnika taʼminotini kuchaytirish va taʼlim sifatini baholash mexanizmlarini joriy etish belgilangan. Universitet boshqaruv tizimi rahbarlari yangilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid