platina.uz
Jahon

Tramp hokimiyati ostida 100 kun: nimalar oʻzgardi?

Tramp AQSh fuqarolari uchun muhim boʻlgan tuxum narxining 87 foizga tushganini taʼkidlagan. Ammo bu toʻgʻri emas. 

Tramp hokimiyati ostida 100 kun: nimalar oʻzgardi?

AQSh prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelganiga 100 kun boʻlganini munosabati bilan Michigan shtatida yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda u mamlakat tarixida prezident boʻlganlar orasida uning maʼmuriyati 100 kun ichida eng muvaffaqiyatlisi ekanligini maʼlum qildi.

U mamlakat rivoji yoʻlida bir nechta muammolarni, jumladan, noqonuniy muhojirlar bilan bogʻliq masalalar, AQShda ish oʻrinlari koʻpayganligi va yoqilgʻi narxlarining “dahshatli” darajada tushganini eʼtiborga oldi. BBC nashri uning nutqining muhim jihatlarini koʻrib chiqib, tahlil qildi.

Tramp nutqi davomida yoqilgʻi narxlari ancha tushganini maʼlum qildi. 29 apreldagi Amerika Avtomobillar Assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, bir gallon (AQShDA 3.785 litrga teng suyuqlik oʻlchov birligi) benzin yoki gazning narxi 3.16 dollarni tashkil qiladi.

Xoʻsh, Tramp ofisga kelgan kuni bir gallon yoqilgʻi narxi qancha boʻlgan? Yuqoridagi assotsiatsiyaning xabariga koʻra, Tramp ofisga kelgan kuni (20 yanvar) yoqilgʻi narxi 3.12 dollarni tashkil qilgan. Tramp oʻz nutqi davomida koʻpchilik shtatlarda yoqilgʻi narxi 1.98 dollarga tushganini maʼlum qilgan, biroq ushbu fikrini asoslaydigan maʼlumotlar keltirilmagan.

Shuningdek, prezident Tramp AQSh fuqarolari uchun muhim boʻlgan tuxum narxining u ofisga kelganidan keyin 87 foizga tushganini taʼkidlagan. Biroq bu fikr notoʻgʻri. Yanvarda Tramp prezident boʻlib saylanganida 12 dona tuxumdan iborat fleyka 4.95 dollar boʻlgan boʻlsa, mart oyida ularning narxi 6.23 dollarga koʻtarilgan.

U, shuningdek, noqonuniy immigrantlar soni kamayganini maʼlum qildi. Bu fikr asosli boʻlib, Tramp qayta saylanganidan soʻng noqonuniy immigrantlar soni keskin kamaygan. Bu koʻrsatkich 2000 yildan beri eng yaxshi natija hisoblanadi.

Tramp ofisga kelganidan soʻng 350 ming ish oʻrni yaratilgani haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Uning ushbu fikri rasmiy statistikalar orqali tasdiqlangan. AQSh Mehnat statistikasi byurosining maʼlumotlariga koʻra, Tramp prezident boʻlganidan mart oyining oxirigacha 345 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan. Biroq oʻtgan yili prezident Bayden maʼmuriyati davrida ayni shunday davr ichida 468 mingta ish oʻrni yaratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid