platina.uz
Jamiyat

Toʻrtkoʻl tumaniga hokim tayinlandi

Ilhomboy Xudaybergenov avval Ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari kabi lavozimlarda ishlagan. 

Toʻrtkoʻl tumaniga hokim tayinlandi

Toʻrtkoʻl tumani hokimi tayinlandi.

Bugun, 30 aprel kuni xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tuman Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Sessiyada Toʻrtkoʻl tumani hokimi lavozimiga Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevichni tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.

Sessiyada Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevich Toʻrtkoʻl tumani hokimi etib tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz Ilhomboy Xudaybergenov mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid