platina.uz
Iqtisod

Samarqand va Xorazmda byudjetdan mlrdlab mablagʻ ajratiladi

Xorazmda VAR texnikasi uchun 2,4 mlrd soʻm sarflanadi. 

Samarqand va Xorazmda byudjetdan mlrdlab mablagʻ ajratiladi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida turli xarajatlar uchun byudjetdan pul ajratiladi.

Birinchi hujjat 2025 yil 29 aprel kuni imzolangan boʻlib, unda 4 mlrd 38 mln soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan. Shundan Samarqanddagi 7 ta mahallada huquq-tartibot maskanlari uchun 3,5 mlrd soʻm, futbol assosiatsiyasini 2025 yilda saqlash xarajatlari uchun 538 mln soʻm beriladi.

Ikkinchi hujjatning umumiy miqdori qariyb 5 mlrd soʻmni tashkil etadi. Kreditor qarzlari uchun 1 mlrd 32 mln soʻm, Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimini yaxshilash uchun 2 mlrd 654 mln soʻm, viloyat hokimligi xodimlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish, xizmat faoliyatida yuqori internet xizmatlaridan foydalanishda tezkor maʼlumotlarni almashish xarajatlariga 2025 yil aprel-dekabr oylari uchun 1 mlrd 249 mln beriladi.

Xorazm futbol klubi stadionining maydonidagi chim qoplamasini yangisiga almashtirish va stadionni video assistent referi (VAR) texnikasi bilan jihozlash hamda boshqa xarajatlar uchun 2 440 000 000 (ikki milliard toʻrt yuz qirq million) soʻm ajratiladi. Pul viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil 1-chorak daromadlar rejasi oshirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligiga taqdim etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid