platina.uz
Siyosat

Rossiya armiyasi safiga qoʻshilgani aytilgan mingdan ziyod oʻzbekistonlik roʻyxati eʼlon qilindi

Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bosqini boshidanoq Oʻzbekiston tomoni oʻz fuqarolarini chet el qoʻshinlari safiga qoʻshilmaslikka chaqirib keladi. Bunday shaxslar 10 yilgacha qamalishi mumkin. 

Rossiya armiyasi safiga qoʻshilgani aytilgan mingdan ziyod oʻzbekistonlik roʻyxati eʼlon qilindi

Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilgan va qilayotgani aytilgan mingdan oshiq oʻzbekistonlik roʻyxati eʼlon qilindi.

Bu haqda Ukrainaning asirlar bilan shugʻullanuvchi "Xochu jit" shtabi maʼlum qilgan.

Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar Oʻzbekiston fuqarosining ism-sharifini aniqladik. Bu roʻyxat toʻliq emas, etnik oʻzbeklar hisobga olinsa, Rossiya tomonidan urushga jalb qilingan Oʻzbekiston fuqarolarining umumiy soni bir necha mingni tashkil qilishi mumkin", deyiladi xabarda.

Nashr etilgan roʻyxatda kamida 109 kishi vafot etgan. Ularning eng kichigi 21 yoshga toʻlmagan, eng yoshi kattasi 62 yoshda edi. Yollanma askarlardan biri shartnoma imzolangandan keyin 8-kuni vafot etgan.

Taʼkidlanganidek, bu harbiy asirlar roʻyxati emas. Bu Rossiya Federatsiyasi tomonida Ukrainaga qarshi jang qilayotgan yoki jang qilgan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxatidir.

Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishi boshidanoq Oʻzbekiston hukumati oʻz fuqarolarini chet el qoʻshinlari safiga qoʻshilmaslikka chaqirib keladi. Mahalliy qonunlarga koʻra, yollanma askarlik jinoyat hisoblanib, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid