platina.uz
Siyosat

Abdulla Aripov Urumchida Xitoy rasmiylari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Tomonlar savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik, infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarni muhokama qildilar. 

Abdulla Aripov Urumchida Xitoy rasmiylari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Joriy yilning 29-30 aprel kunlari Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida boʻldi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin hamda ShUAR Partqoʻmi kotibiga yoʻllagan samimiy salomlari va ezgu tilaklari yetkazildi.

Xitoy Oʻzbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan oʻtgan strategik hamkori ekani, ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi.

Bunda, Mamlakatlar yetakchilari oʻrtasidagi yaqin, ishonchli va samimiy birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda tomonlar savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanib borayotgani, infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, “yashil” energiya sohalarida yangi loyihalar amalga oshirilayotgani natijasida oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 13 milliard dollardan oshganini bildirib, Davlatlar Rahbarlari tomonidan belgilab berilgan 20 milliard dollarlik koʻrsatkichga erishish uchun barcha imkoniyatlarga mavjudligini taʼkidladi.

Savdo-sanoat, transport-logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va taʼlim sohalarida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid