platina.uz
Siyosat

Prokuror va soliqchilar endi sektorlar ishi bilan shugʻullanmaydi

Sektorlar ishiga Bosh vazir oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari masʼul etib belgilanadi.

Prokuror va soliqchilar endi sektorlar ishi bilan shugʻullanmaydi

Endilikda prokurorlar, ichki ishlar xodimlari va soliqchilar sektorlar faoliyati bilan shugʻullanmaydi.

Sektorlar faoliyati yangi tartib asosida yoʻlga qoʻyiladi.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi (PF-71-son, 22.04.2025y.) Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati yangi tartib asosida yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Sektorlar ishiga Bosh vazir oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari masʼul etib belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda sektorlarning yangi tartib asosida faoliyat yuritishi boʻyicha Oʻzbekiston prezidenti qarori loyihasini kiritishi kerak.

Prezident 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash yigʻilishida bundan buyon prokurorlar, ichki ishlar xodimlari va soliqchilar sektorlar faoliyati bilan shugʻullanmasligini maʼlum qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid