platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi salkam 6 mln soʻmga yetdi

Statistika qoʻmitasiga koʻra, Toshkentda bu koʻrsatkich 9 mln 889 mingni tashkil etmoqda. 

Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi salkam 6 mln soʻmga yetdi

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi koʻrsatkichini taqdim etdi.

Oʻzbekistonda 2025 yil yanvar-mart oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln 796,1 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oʻsgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, hududlar kesimida oʻrtacha eng baland oylik ish haqlari Toshkent shahrida (9 mln 889,1 ming soʻm) kuzatilgan.

Shuningdek, keyingi oʻrinlarda Navoiy (7 mln 330,9 ming soʻm, oʻsish – 112,6 foiz) hamda Toshkent (5 mln 435,6 ming soʻm, oʻsish –114,3 foiz) viloyatlari qayd etilgan.

Hisobot davrida eng kam hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqlari esa Qashqadaryo (4 mln 79,8 ming soʻm, oʻsish –113,7 foiz), Fargʻona (4 mln 203 ming soʻm, oʻsish – 113,7 foiz) va Surxondaryo (4 mln 209,1 ming soʻm, oʻsish – 119,1 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Solishtirish uchun: Oʻzbekistonda 2024 yilda oxirida oʻrtacha ish haqi 5 mln 357 mingni tashkil etgan (poytaxtda 9 mln 72 ming soʻm).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid