platina.uz
Jamiyat

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etilmoqda

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida esa Yevropa standartlari asosida Germaniya bilan hamkorlikda tibbiyot fakulteti ochiladi. 

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etilmoqda

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori (PQ-151-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.

Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi joriy etiladi. Bunda:

-ilmiy-tadqiqot loyihasini 1 yillik moliyalashtirish qiymati BHMning 2 500 barobaridan yuqori boʻlgan hollarda ushbu loyihani moliyalashtirish xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 30 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkiloti xulosasi asosida amalga oshiriladi;

-ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratilgan mablagʻlarning kamida 60 foizi ushbu loyiha doirasida foydalanish uchun tegishli asbob-uskuna xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot loyihasini 1 yillik moliyalashtirish qiymati BHMning 5 000 barobaridan yuqori boʻlgan hollarda ushbu loyiha rahbariga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

-ilmiy-tadqiqot loyihasi umumiy qiymatining kamida 20 foizini hamkorlikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy grantlarni jalb qilish;

-ilmiy-tadqiqot loyihasini 3 nafar doktorant va 10 nafar magistrantni jalb qilgan holda amalga oshirish;

-ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda kamida 10 nafardan iborat tadqiqotchilar guruhini tuzish hamda kamida Xirsh indeksi 20 dan yuqori boʻlgan 1 nafar chet ellik olimni jalb qilish.

Universitetda Yevropa standartlari asosida Germaniya Federativ Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tibbiyot fakulteti tashkil etiladi.

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.

Shuningdek, “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 oʻquv yilidan:

-Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

-Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

-akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yoʻlga qoʻyiladi hamda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

-Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga 1-kursdan xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid